14:41 / 15.05.2021
2 899

AQSHda ikki yoshli bola ota-onasini to‘pponcha bilan otib qo‘ydi


Foto: «Nypost.com»
AQSHning Men shtatida ikki yoshli bola o‘zining ota-onasini otib qo‘ydi. Bola qurolni uydan topib olgan. Erkak va ayol shifoxonaga yotqizildi, deb yozmoqda WGME.

«Bola qanday qilib qurolni olib, ota-onasini otib tashlagani jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda va tergov jarayonlari olib borilmoqda», — dedi huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari.

Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning 22 yoshli onasi oyog‘idan, 25 yoshli otasi boshining orqa qismidan yengil jarohat oldi. O‘qotar qurol yuziga urilishi natijasida bolaning o‘zi ham jarohatlandi.

Shifokorlar jabrlanganlarni tekshirib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatganidan keyin oilaning uyga ketishiga ruxsat berildi.
Tergovchilar o‘qotar qurolning ochiq joyda turganini va shu paytda uyda yana bir go‘dak ham bo‘lganini aniqladi.

Eslatib o‘tamiz, 11 may kuni 19 yoshli Ilnaz Galyaviyev o‘zi ilgari o‘qigan Qozon shahridagi 175-sonli gimnaziyaga kelib, o‘quvchilar va o‘qituvchilarga o‘q uzishni boshladi. To‘qqiz kishi, jumladan, yetti nafar maktab o‘quvchisi vafot etdi, yana 23 kishi, asosan, bolalar jarohat oldi.

Shuningdek, 12 may kuni Qrimning Qizil gvardiya tumanida ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy litseyni portlatish tahdidi bilan post qoldirgan erkak hibsga olindi. Qrim huquq-tartibot organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, qonunbuzar shu yo‘l bilan maxsus xizmatlarning faoliyatini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lgan.

13 may kuni Rossiyaning yana bir shahrida maktabni portlatish bilan tahdid qilgan o‘smir hibsga olindi. Qozon shahridagi maktabga qilingan hujumga oid video ostidagi izohlarda «Xudo sizga hakam» niki ostida xabar qoldirgan o‘smir «Ertaga Blagoveshensk shahrining 27-maktabida men ham shunday qilaman» deb yozgan. Zudlik bilan hibsga olingan o‘smir tergovchilarga «shunchaki hazillashganini» aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda ikki yoshli bola ota-onasini to‘pponcha bilan otib qo‘ydi