Pajhwok axborot agentligining xabar berishicha, afg‘on armiyasi qo‘mondoni Pokiston armiyasiga 46 harbiyga, jumladan 5 zobitga Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi postlarini toliblar hujumlari oqibatida saqlab qololmaganlari sababli boshpana taqdim etishni so‘rab murojaat qilgan.
Afg‘on harbiylari 25 iyul kechki payt Pokistonning Chitral okrugiga kelishgan. Tegishli tartibotlardan keyin ularga Pokistonga xavfsiz o‘tish taqdim etilgan. Afg‘on harbiylari yegulik, boshpana va zarur tibbiy yordam bilan ta’minlangan.
Ta’kidlanishicha, afg‘on harbiylari “tegishli huquqiy tartibotdan keyin” vatanlariga qaytariladi.
Xabarda aytilishicha, 1 iyulda ham 35 afg‘on askari Pokiston armiyasidan boshpana so‘ragan. Ularga Pokistonga o‘tishga ruxsat berilgan va tegishli tartibotdan keyin ular Afg‘oniston hukumatiga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi