18:30 / 08.08.2021
2 259

Xitoyda COVID-19 tarqalgani uchun amaldorlar jazolandi


Foto: «Global Look Press»
Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasi poytaxti Nankinda 15 amaldor Nankin Lukou xalqaro aeroportida koronavirus tarqalishini to‘xtatib qololmagani, natijada infeksiya butun mamlakatga tarqalib ketgani uchun jazolandi. Bu haqda Global Times nashri xabar bermoqda.

Shu tariqa, aybdorlar orasida shahar rasmiylari, aeroport xodimlari va yuqori martabali amaldorlar bor. Bundan tashqari, shahar sog‘liqni saqlash komissiyasi boshlig‘i Fan Chjun’yu o‘z lavozimidan ozod etildi, deyiladi gazetada.

Shuningdek, Van Chao aeroportida zararlanishni nazorat qilish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari ham hibsga olindi. Qayd etilishicha, u o‘z vazifalariga yetarlicha e’tibor bermagan, natijada katta moliyaviy yo‘qotishlar va COVID-19 tarqalishi tufayli jiddiy oqibatlarga olib kelgan.

O‘z navbatida, mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik foydalanuvchilar mansabdorlarga nisbatan qo‘llaniladigan choralarni ma’qulladilar. Biroq ular jazoning o‘z vaqtida bajarilmagani va bu masalada hokimiyatning o‘ta sustkashligini tanqid qilishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda COVID-19 tarqalgani uchun amaldorlar jazolandi