12:00 / 26.08.2021
3 196

Tolibon G‘arb davlatlarini ayblamoqda

Tolibon G‘arb davlatlarini ayblamoqda
Tolibon harakati vakili Zabihulla Mujohid G‘arb davlatlari o‘z fuqarolari bilan birga mahalliy malakali mutaxassislarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda u The New York Times nashriga bergan intervyusida aytgan.

Mujohidning ta’kidlashicha, g‘arbliklar mamlakat ishlariga aralashmasligi va “inson resurslarini tortib olmasligi” kerak. Gap “shifokor, o‘qituvchi va boshqa kerakli kasb egalari” haqida boryapti.

Amerikada ular idish yuvuvchi yoki oshpaz bo‘lishlari mumkin. Bu insofdan emas”, dedi Zabihulla Mujohid.

U, shuningdek, Tolibon sobiq tarjimonlar va AQSH bilan hamkorlik qilgan boshqa afg‘onlarni nishonga olmayotganiga ishontirdi. Mujohid Afg‘onistonda bu odamlarga hech narsa tahdid qilmasligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tolibon G‘arb davlatlarini ayblamoqda