11:28 / 14.09.2021
2 307

«Tolibon» «Al-Qoida» rahbarini Afg‘onistonda yashirganmi?

«Tolibon» «Al-Qoida» rahbarini Afg‘onistonda yashirganmi?
«Tolibon» «Al-Qoida» terrorchilik guruhi rahbari Ayman al-Zavohiriy Afg‘onistonda yashiringanini bo‘yicha xabarlarni inkor qildi. Bu haqda harakat vakili Muhammad Naim ma’lum qildi.

- «Tolibon» barcha ayblovlarni rad etadi va terrorchilar yetakchisiga yordam bermaydi. Bu bir yolg‘ondir, — deydi Naim.

Eslatib o‘tamiz, MRBning sobiq rahbarlaridan biri bo‘lgan Maykl Morrel Ayman al-Zavohiriy toliblar panohi ostida Afg‘onistonda yashirinib yurgani haqida gapirgandi.

Avvalroq esa al-Zavohiriy 11 sentabr teraktlariga bag‘ishlangan videoda ko‘rinish bergandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» «Al-Qoida» rahbarini Afg‘onistonda yashirganmi?