22:13 / 14.09.2021
2 778

Afg‘onistonning yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziri dastlabki xorij elchilarini qabul qildi

Afg‘onistonning yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziri dastlabki xorij elchilarini qabul qildi
Foto: Twitter
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy xorij delegatsiyalari bilan dastlabki uchrashuvlarini o‘tkazdi. Tashqi ishlar vazirligi spikeri Muhammad Nayimning ma’lum qilishicha, Muttaqiy Xitoy va Pokiston delegatsiyalari bilan uchrashgan.

Xabar qilinishicha, Xitoy elchisi Van Yu Afg‘onistonning yangi hukumatini muborakbod etgan va Xitoy Afg‘oniston bilan gumanitar, iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni davom ettirishini bildirgan. Muttaqiy koronavirusga qarshi 3,3 mln doza vaksina yetkazib bergani uchun Xitoyga minnatdorlik bildirgan.

U shuningdek, Pokiston elchisi Mansur Ahmad Xon bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida Spin Boldak nazorat-o‘tkazuv punkti va Chaman shahri orqali odamlarning harakatlanishi muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, "Tolibon" o‘tgan haftada vaqtinchalik hukumat tarkibini e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonning yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziri dastlabki xorij elchilarini qabul qildi