AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakat yaqin 3 yil ichida yo‘q bo‘lib ketishini bashorat qilgan. Newsmax nashriga bergan intervyusida u Jo Bayden hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, «mamlakat hech qachon bunchalik pastlab ketmagani»ni aytgan.
«Biz 2022 (Vakillar palatasi va AQSH Senatiga) va 2024 yillarda (prezident saylovlari) saylovga borgunimizcha bizda mamlakat bo‘lmaydi», degan u. Shuningdek, u Bayden ma’muriyati AQSHning amaldagi prezidenti va demokratlarini tanqid qiladigan oddiy amerikaliklarga qarshi Adliya vazirligidan qurol sifatida foydalanayotganini aytgan. Tramp buni Baydenning mamlakat sobiq prezidenti tomonidan harbiy akademiyalar kengashlariga tayinlangan bir necha kishining iste’fosi haqidagi talablariga javoban aytdi.
Siyosatchi, shuningdek, aslida AQSH hukumatini Barak Obama boshqaradi, degan fikrini bildirgan. Tramp shuningdek, Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishini ham e’tiborsiz qoldirmadi.
«Biz butun dunyo bo‘ylab kulgiga qoldik. Afg‘onistonda nima bo‘ldi? Millionlab odamlar o‘tayotgan chegaramizda nima bo‘lyapti? Biz ularning kimligini bilmaymiz. Bu sharmandalik. Mamlakatimizga nima bo‘lyapti?» – deydi sobiq prezident. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi