Foto: darpa.mil
AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari boshqarmasi (DARPA) gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani haqida ma’lum qildi. Parvoz paytida raketa tezligi tovush tezligidan besh baravar yuqori bo‘lgan.
Sinovlar AQSH harbiy-havo kuchlari bilan birgalikda o‘tkazilgan. Ushbu gipertovushli qurollarning namunasini Raytheon Technologies korporatsiyasi ishlab chiqgan, uning dvigateli Northrop Grumman kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Qurilmani Amerika harbiylari qisqacha HAWC (Hypersonic Air-breathing Weapon Concept, gipertovushli havo-reaktiv qurol konsepsiyasi) deb nomladi.
DARPA xabariga ko‘ra, sinovlar o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan. Raketa samolyotdan uchirilgan. Tashlanganidan keyin bir necha soniya o‘tgach, qurilmada to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo-reaktivli dvigatel ishga tushgan.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri havo-reaktiv dvigatel tuzilishi bo‘yicha o‘z sinfidagi eng oddiylaridan biri hisoblanadi. Unda yonilg‘i dvigatel kamerasiga kiruvchi havo oqimi bilan aralashadi. Raketa tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, havo kameraga tezroq kiradi va undagi bosim shuncha baland bo‘ladi. Bu, shuningdek, havo-reaktivli dvigateldan foydalanishda cheklovlarga olib keladi — uni past tezlikda ishlatish mumkin emas, shuning uchun uchuvchi apparatning tezligini boshidanoq oshirish kerak. Buning uchun, masalan, birinchi bosqichda tashuvchi vazifasini bajaradigan samolyotdan foydalanish mumkin.
Xabarda aytilishicha, bu sinovlar qurlmaning ishlash qobiliyatini hamda ishlab chiqarish texnologiyasining to‘g‘ri tanlanganiga ishonchni tasdiqlashi kerak.
«5 Max tezlik unchalik kuchli taassurot qoldirmasligi mumkin, lekin shuni ta’kidlash kerakki, bu yerda biz havo-reaktivli dvigatel bilan ishlaymiz, «glayder» (planyor) bilan emas. Bunday raketalar uchun, past gipertovush odatiy deb hisoblanadi. Nima bo‘lganda ham, ushbu texnologiyadan foydalangan holda hech qanday qurol bunday tezlikka erishmagan. Ayni vaqtda Rossiya, Xitoy, Hindiston va Yaponiyada shunga o‘xshash ko‘plab loyihalar amalga oshirilgan va amalga oshirilmoqda», — dedi Rossiya Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot institute xalqaro xavfsizlik markazi ilmiy xodimi Dmitriy Stefanovich sinovlar haqida fikr bildirib.
Gipertovushli planyorlar bilan taqqoslaganda gipertovushli havo-reaktivli dvigatel qurollarining o‘lchami kichikroq, aniqligi yuqoriroq bo‘ladi.
Aprel oyida AQSH harbiy havo kuchlarining AGM-183A ARRW gipertovushli raketasi sinovlari muvaffaqiyatsiz tugagan edi. Raketa Boeing B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyotidan uchirilishi kerak bo‘lgan. Biroq raketa uchish tartibini yakunlay olmasdan samolyotda qolib ketgan. Samolyot raketa bilan Kaliforniyadagi Edvards aviabazasiga qaytib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi