Turkiya AQSHdan 40 ta G‘-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olishni, shuningdek, Anqara ega bo‘lgan 80 ga yaqin qiruvchi samolyotlarini modernizatsiya qilishni so‘radi, deb xabar beradi Reyter agentligi. Uning manbalariga ko‘ra, bitim milliardlab dollarga baholangan, biroq u hali Davlat departamenti va Pentagon tarkibiga kiruvchi tegishli hukumat agentligi tomonidan o‘rganilmoqda.
Agentlik hukumatlararo shartnomalar asosida chet elga harbiy texnika va qurol-yarog‘ yetkazib berish, AQSH Qurolli Kuchlari va boshqa davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni targ‘ib qilish, Vashingtonning mudofaa sohasidagi xorijiy sheriklariga moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatish uchun mas’uldir.
Bundan tashqari, Reyterning eslatishicha, ushbu tuzilmalar tasdiqlaganidan keyin ham bitim Kongress tomonidan bloklanishi mumkin. Respublikachilar va demokratlar Vashington ma’muriyatini Rossiyaning S-400 zenit-raketa kompleksini sotib olishi munosabati bilan Anqaraga bosim o‘tkazishga chaqirmoqda.
«Davlat departamenti olib borayotgan siyosatning bir qismi sifatida, qurol-yarog‘ va asbob-uskunalar Kongressga rasman yetkazilmaguncha sotilgani yoki o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamaydi va izohlamaydi», - deya ma’lum qilgan AQSH Tashqi ishlar vazirligi agentlikka berilgan ma’lumotga izohida.
Sentabr oyi oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Anqara Moskva bilan bir qator sohalarda, jumladan, kemasozlik va qiruvchilar uchun reaktiv dvigatellar yaratishda hamkorlikni boshlashi mumkinligini istisno qilmagan edi.
2017 yilda Moskva Anqaraga S-400 havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Turkiya bu tizimlarni Rossiyadan sotib olgan birinchi NATO davlati bo‘ldi. Anqaraning qarori Vashington va umuman alyans tomonidan keskin salbiy reaksiyaga sabab bo‘ldi.
Qo‘shma Shtatlar Turkiyani Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlaridan voz kechishga undashni to‘xtatmaydi. Anqara bosimga berilmagani va S-400dan voz kechmagani uchun, Vashington bundan oldin uni beshinchi avlod G‘-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashlagan edi.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar uzoq vaqt davomida Turkiyani S-400 sotib olish uchun bir tomonlama sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qilgandi, lekin bunga shoshilmadi, chunki ular NATOdagi asosiy ittifoqchi bilan aloqalarning yanada keskinlashuvidan qo‘rqishgan. Anqara bunday cheklovlar qo‘llanilishini javobsiz qoldirmasligini ogohlantirdi. 2020 yil dekabr oyida Vashington baribir cheklov choralarini joriy qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin