date

Saudiya klubi Girasiga yiliga 20 mln yevro taklif qilmoqda


Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Seru Girasi faoliyatini Yevropa tashqarisida davom ettirishi mumkin. Nikolo Skira bergan ma'lumotga ko'ra, Saudiya Arabistoni chempionatidagi nomi oshkor qilinmagan bir klub 29 yoshli gvineyalik futbolchiga uch yillik shartnoma va yiliga 20 million yevro maosh taklif qilmoqchi.

Seru Girasi "Borussiya" safida 65 ta o'yinda 45 ta gol urgan va 13 marta jamoadoshlariga golli pas bergan. Transfermarkt saytiga ko'ra, "ari"larning hujumchisi 45 million yevroga baholanmoqda.

Hozirgi shartnomasi esa 2028 yilgacha amal qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saudiya klubi Girasiga yiliga 20 mln yevro taklif qilmoqda