Nyukasl Manchester Siti darvozabonini sotib olmoqchi

Nyukasl Manchester Siti darvozabonini sotib olmoqchi
Manchester Siti darvozaboni Jeyms Trafford Angliya Premyer-ligasining boshqa bir klubi – Nyukasl nishoniga tushdi. 23 yoshli futbolchi Gianluiji Donnarumma jamoaga kelganidan soʻng asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotdi.

Trafford zaxira darvozaboni boʻlishdan norozi ekanini bildirgan va matbuotda uning Manchester Sitidan ketishi haqida gap-soʻzlar kuchaygan. TEAMtalk xabariga koʻra, darvozabonni Nyukasl sotib olishni rejalashtirmoqda va bu kelishuv qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

"Sorbalar" Traffordni oʻtgan yozda, u hali Byornli safida oʻynayotganida, oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qilgan, biroq futbolchi oʻzining Manchester Siti tarkibiga qaytishni tanlagan edi. Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevro.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar