date

Belgiya Toshkentda elchixona ochadi


Belgiya Markaziy Osiyoda o'zining diplomatik ishtirokini kengaytirish rejalari haqida e'lon qildi va Toshkentda birinchi marta elchixona ochishini ma'lum qildi. Bu qaror Belgiya tashqi siyosat tizimidagi keng qamrovli islohotlarning bir qismi sifatida qabul qilingan, deya xabar berdi Belgiya Tashqi ishlar vazirligi.

Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, Markaziy Osiyo strategik ahamiyatga ega mintaqa sifatida ko'rib chiqilmoqda, ayniqsa, Transkaspiy yo'nalishining, ya'ni "yangi Ipak yo'li"ning rivojlanishi fonida. Idora ta'kidlashicha, Markaziy Osiyoga boshqa davlatlar tomonidan faol investitsiyalar jalb qilinmoqda va Belgiya ham global tendensiyalardan ortda qolmaslik uchun o'z pozitsiyasini mustahkamlash niyatida.

Toshkentdan tashqari, Belgiya Tirana (Albaniya), Vindxuk (Namibiya) va Maskat (Ummon) shaharlarida yangi diplomatik vakolatxonalar ochadi, shuningdek, Addis-Abebada Afrika Ittifoqi huzurida doimiy vakil tayinlaydi. Shu bilan birga, davlat sakkizta vakolatxonasini yopishga qaror qildi: Saraevo, Konakri, Bamako va Quvaytdagi elchixonalar, Mozambikdagi diplomatik ofis, shuningdek, Gavanna, Rio-de-Janeyro va Guanchjoudagi konsulliklar faoliyatini to'xtatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Belgiya Toshkentda elchixona ochadi