date

Portlash xavfi: Fransiyaning yetakchi telekanali ishini to‘xtatdi

Portlash xavfi: Fransiyaning yetakchi telekanali ishini to‘xtatdi

Fransiyaning mashhur BFMTV telekanali bugun portlash tahdidi tufayli efirni to‘xtatishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi Le Parisien.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum internet foydalanuvchisi telekanal studiyasi joylashgan binoda portlash mahalliy vaqt bilan 15:15 da sodir bo‘lishi haqida yozgan. Tahdid xabaridan so‘ng bino zudlik bilan bo‘shatildi, efir esa to‘xtatildi.

Politsiya va sapyorlar guruhi hozirda binoda to‘liq tekshiruv o‘tkazmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xabarni jiddiy qabul qilib, tahdid manbasini aniqlash ustida ish olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Portlash xavfi: Fransiyaning yetakchi telekanali ishini to‘xtatdi