date

Argentinadagi zavod portlashi shaharni titratdi

Argentinadagi zavod portlashi shaharni titratdi

Argentinadagi bir zavodda yuz bergan kuchli portlash videosi ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuv keltirdi. Kadrlarda binoning portlash payti va osmonga ko‘tarilgan quyuq tutun halqalari yaqqol ko‘rinadi. Zarba to‘lqini shunchalik kuchli bo‘lganki, hatto samolyot parvozi balandligidan ham namoyon bo‘lgan. Hatto shaharning bir nechta tumanlarida uylarning derazalari chayqalib singani aytilmoqda.

Hodisa Esays shahridagi qishloq xo‘jaligi o‘g‘itlari ishlab chiqaradigan korxonada sodir bo‘lgan. Alanga 20 metrgacha baland ko‘tarilgani qayd etilgan.

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, falokat ortidan 200 dan ziyod aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan, kamida 22 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Hozirda favqulodda holat sabablari o‘rganilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Argentinadagi zavod portlashi shaharni titratdi