date

Emiliano Martines Gattuzoga javob berdi


Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning yaqinda aytgan so'zlariga munosabat bildirdi. Italiya terma jamoasi uchinchi bor ketma-ket Jahon chempionatiga chiqa olmaslik xavfi ostida.

Ayni paytda ular pley-off bosqichiga yo'llanma olish uchun kurashishi kerak bo'ladi. "Skuadra adzurra" bosh murabbiyi Gattuzo bu masalada gapirar ekan, Janubiy Amerika terma jamoalari Jahon chempionatiga chiqishda Yevropa jamoalariga nisbatan osonroq yo'lni bosib o'tishini ta'kidladi.

"Yevropada har doim suv sepilgan ideal maydonlarda o'ynashadi. Ular Janubiy Amerikada o'ynash qanday bo'lishini bilmaydi, shuning uchun u yerdagi ayrim qiyinchiliklar haqida tasavvur ham qilishmaydi", – dedi Martines DSportsga bergan intervyusida.

Argentina terma jamoasi hech qanday muammosiz Janubiy Amerika saralash bosqichida birinchi o'rinni egallab, 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Italiya esa saralashning so'nggi turida Norvegiyani to'qqiz to'p farqi bilan mag'lub etishi kerak bo'ladi, aks holda ular to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olish imkoniyatidan mahrum bo'lishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Emiliano Martines Gattuzoga javob berdi