16:30 / 21.11.2021
9 394

Ukraina mudofaa vaziri: «Putin G‘arb bilan shaxmat o‘ynamoqda»

Ukraina mudofaa vaziri: «Putin G‘arb bilan shaxmat o‘ynamoqda»
Foto: «TASS»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy texnika va qurolli kuchlarni Rossiya—Ukraina chegarasi bo‘ylab harakatlantirish orqali G‘arb davlatlari bilan «shaxmat o‘ynamoqda». Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Aleksey Reznikov Vashingtonga tashrif buyurgan. Tashrif davomida u AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashib, undan Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam berishini so‘ragan. Reznikovning WP’ga aytishicha, u amerikalik hamkasbi bilan Rossiya—Ukraina chegarasidagi vaziyat yuzasidan bir xil xulosaga kelgan.

«U (Vladimir Putin) Yevropa Ittifoqining, NATO ittifoqchilarining birdamligini tekshirib ko‘rmoqda, bizning jamiyatimizni, ukrainaliklarni, Polshani, Boltiqbo‘yi mamlakatlarini sinamoqda», — dedi Ukraina mudofaa vaziri.

O‘z navbatida, Ostin Rossiyaning Ukraina bilan chegaralari yaqinida olib borayotgan so‘nggi harakatlarining mohiyati Vashington uchun tushunarsiz ekanini qo‘shimcha qilgan va Moskvani chegaralar yaqinidagi harbiy faoliyatida shaffof bo‘lishga chaqirgan.

Oktabr oyida The Wall Street Journal va Politico nashrlari Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shinlari sonini oshirayotgani haqida yozgan edi. Keyinroq Bloomberg agentligi chegara yaqinida qo‘shinlar to‘plangani haqidagi xabarlar fonida Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligidan xavotirdaligini ma’lum qildi.

Kreml bosqinchilikka tayyorgarlik haqidagi xabarlarni quruq gap deb atadi va aksincha G‘arb kuchlarining, jumladan NATO samolyotlarining razvedka harakatlari faollashgani munosabati bilan Moskva «hushyor bo‘lishi» kerakligini ta’kidladi.

Keyinroq The New York Times o‘z manbalariga tayanib, yozishicha, AQSH razvedkasi Yevropadagi ittifoqchilarni Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boshlashiga to‘sqinlik qilish uchun «ozgina vaqt qolgani» haqida ogohlantirgan. Shu fonda Vashington Yevropa davlatlarini Moskvani ushlab turish uchun iqtisodiy va harbiy chora-tadbirlar paketini ishlab chiqishga undamoqda, deya qo‘shimcha qilgan gazeta.

AQSH Senati mudofaa budjetiga Rossiya Ukrainaga bostirib kiradigan bo‘lsa, unga qarshi qo‘llaniladigan sanksiyalarga o‘zgartirish kiritishni taklif qilgan. Ushbu ssenariy sodir bo‘lgan taqdirda, xususan, «Shimoliy oqim-2»ga, davlat kompaniyalariga, banklarga va davlat qarziga nisbatan cheklovlarni kengaytirish taklif etilmoqda.

Rossiya rasmiylari Rossiya hech kimga tahdid qilmasligini va hech kimga xavf solmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov qo‘shinlarning mamlakat hududi bo‘ylab harakatlanishi davlatning ichki ishi ekanini bildirgan.

Ma’lumot uchun 2016 yilda Moskvadagi Markaziy shaxmat uyining ochilish marosimida Peskov Vladimir Putin oddiy shaxmat emas «geosiyosiy shaxmat» o‘ynashini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina mudofaa vaziri: «Putin G‘arb bilan shaxmat o‘ynamoqda»