Shayx Muhammad Aziym Hasalpuriy hafizahulloh aytadilar:
Ibn Qudoma “Kitabut-tavvabiyn”da yozadilar:
“Bir shaxs Hazrat Ibrohim bin Adham rahmatullohi alayhning huzurlariga kelib: “Ey, Abu Isʼhoq! Men oʻzimga oʻzim juda koʻp zulm qildim. Menga shunday gap aytingki, qalbga taʼsir qilsin va men gunohlardan voz kechayin”, – dedi.
Hazrat: “Agar sen besh narsani qabul qilib olsang va ularga qodir boʻlsang, u holda senga na biror gunoh zarar yetkaza oladi va na biror dunyoviy lazzat seni halok qila oladi”, dedilar. U: “Ey, Abu Isʼhoq! U besh narsa qaysilar?”, deb soʻradi. Hazrat: “Agar sen Alloh taologa itoatsizlik qilmoqchi boʻlsang, u holda Uning rizqini yema”, dedilar. U: “Unda nima yeyayin? Yerdagi barcha narsalar aynan Uning rizqi emasmi?”, dedi. Hazrat: “U holda sen aytchi, ham Uning rizqini yesang va ham Unga itoatsizlik qilsang, bu yaxshimi?”, dedilar. U: “Yoʻq, yaxshi emas”, deb javob berdi.
Endi, siz ikkinchi narsani ayting. Hazrat: “Agar sen Alloh taologa itoatsizlik qilmoqchi boʻlsang, u holda Uning biror yerida yashama”, dedilar. U: “Axir, bu avvalgisidan ham qiyinroq narsaku, mashriq va magʻrib hamda ularning orasidagi barcha yer aynan Uniki boʻlsa, u holda men qayerda yashay olaman?”, deb javob berdi. Hazrat: “Sen, ham Uning rizqini yesang, ham aynan Uning yerida yashasang va ham Unga itoatsizlik qilsang, bu yaxshimi?”, dedilar. U: “Uchinchi gapni ayting”, dedi. Hazrat: “Agar Uning rizqini yeyishing va Uning yerida yashashingga qaramasdan, Unga itoatsizlik qilmoqchi boʻlsang, u holda U koʻrmaydigan shunday joyda qil”, dedilar. U: “Ibrohim! Bu qanday mumkin. Axir, U barcha maxfiy va oshkor narsalarni biladi. Undan biror inson qanday yashirina oladi?”, dedi. Hazrat: “Sen, ham Uning rizqini yesang, ham Uning yerida yashasang va ham gunoh qilganingda U koʻrib turgan boʻlsa, bu yaxshimi?”, dedilar.
Endi, toʻrtinchi narsani ayting. Hazrat: “Qachonki, joningni olish uchun oʻlim farishtasi oldingga kelsa, sen chin tavba qilib olayin va biroz solih amal qilib olayin, menga birozgina muhlat ber desang. U senga muhlat beradimi?”, dedilar. U: “Aslo yoʻq”, deb javob berdi. Hazrat: “ Sen oʻlim farishtasini ortga surib, tavba qilib olishga qodir boʻlmasang va kelgan oʻlimni ortga surishning iloji yoʻqligini bilsang, u holda qanday najot topish mumkin?”, dedilar.
U: “Beshinchi narsani ayting”, dedi. Hazrat: “Qiyomat kuni doʻzax farishtalari seni doʻzaxga olib ketish uchun kelganlarida, sen ular bilan ketishni inkor qila olasanmi?”, dedilar. U: “Yoʻq, ular meni tark qilmaydilar, mening biror uzrimni qabul qilmaydilar”, dedi. Hazrat: “Undoq boʻlsa, qanday qilib najot topishni umid qilasan?”, dedilar.
U: “Ibrohim! Bas, bu vaʼz va nasihat men uchun kifoyadir. Men Alloh taologa chin tavba qilaman va magʻfirat soʻrayman” , dedi. Keyin u Hazratning suhbat va hamrohliklarini ixtiyor qildi. Qolgan butun umrini Hazrat bilan birga Alloh taologa ibodat va riyozatda oʻtkazdi. Faqat oʻlimgina ularni ayirdi.
(“Sahih muntahab vaaqeaat” kitobidan. 344-bet.)
Abdulqayyum Komil tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”