
Ko‘pchiligimiz uchun kuniga uch mahal – nonushta, tushlik va kechki ovqat – kundalik tartibning ajralmas qismi hisoblanadi. Ammo bu an’anaviy ovqatlanish tartibi sog‘lom hayot uchun haqiqatan ham zarurmi? So‘nggi yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fikrlariga qaraganda, ovqatlanish soni va vaqti bo‘yicha yagona qoidalar mavjud emas – bu masalada shaxsiy yondashuv hal qiluvchi omilga aylangan.
Uch mahal ovqatlanish – biologik ehtiyojmi yoki madaniy odat?
Los-Anjeleslik sertifikatlangan ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Serena fikricha, "uch mahal ovqatlanish ko‘proq madaniy urf-odat, biologik ehtiyoj emas". Unga ko‘ra, inson organizmi uchun muhim bo‘lgan jihat – bu ovqat sifati, ovqatlanish vaqti va ularning inson hayot tarzi bilan uyg‘unligi.
“Masalan, ikki to‘yimli ovqat va bitta yengil tamaddi yoki 10–12 soatlik ovqatlanish oynasida uch marotaba muvozanatli ovqatlanish – bular ilmiy jihatdan asoslangan va zamonaviy hayot tarziga mos yechimlardir”, – deydi Serena.
Ilmiy tadqiqotlar nimani ko‘rsatmoqda?
2024 yilda "JAMA" ilmiy jurnalida chop etilgan sharhga ko‘ra, kamroq ovqatlanish soni, ertalabki kaloriyani ko‘proq iste'mol qilish va vaqtga cheklangan ovqatlanish uslubi an’anaviy uch mahal ovqatlanishga qaraganda ortiqcha vaznni kamaytirishda va metabolik salomatlikni yaxshilashda samaraliroq bo‘lgan.
Yana bir yirik tadqiqotda, kuniga faqat 8 soatlik vaqt oralig‘ida ovqatlangan ortiqcha vaznli shaxslar ichki yog‘ miqdorini kamaytirgan va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini pasaytirgan.
Shu bilan birga, Serena ogohlantiradi: "Kuniga faqat bir marta ovqatlanish kabi haddan tashqari cheklovli uslublar ochlikni kuchaytirishi va mikroelementlar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Bunday yondashuvlar faqat mutaxassis nazorati ostida qo‘llanishi kerak".
“Kimdir uchun kuniga uch marta ovqatlanish juda mos keladi, boshqalar esa ko‘proq va kamroq miqdordagi ovqatlarni tez-tez iste’mol qilish orqali o‘zini yaxshi his qiladi. Muhimi – kun davomida tanangizga kerakli barcha oziq moddalari yetkazilishi”, – deydi doktor Rayt.
Ayniqsa qandli diabet kabi surunkali kasalliklari bo‘lganlar yoki kun davomida energiyasi tez tugaydigan insonlar uchun muntazam ovqatlanish qon shakarini barqaror saqlash, hushyorlikni oshirish va haddan tashqari och qolishni oldini olishda foydali bo‘ladi.
Serena shuningdek, 8–12 soatlik ovqatlanish oynasini tavsiya qiladi. Bu ovqatlanishni uyg‘ongandan keyin 2 soat ichida boshlash va uxlashdan kamida 3 soat oldin yakunlashni nazarda tutadi.
Tana signalini tinglash – sog‘lom odat
Mutaxassislar og‘riqli ochlik emas, balki "yumshoq ochlik" alomatlariga – qorinning sekin gurillashi, e’tiborning susayishi yoki mayda bezovtalik hissi – e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Ovqat esa to‘yish emas, balki "qoniqish" darajasida yakunlanishi kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar