date

Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga rozilik bildirdi

Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga rozilik bildirdi
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi uch kunlik qurolli to‘qnashuvlardan so‘ng, AQSh prezidenti Donald Tramp har ikki davlat rahbarlari bilan muzokara o‘tkazib, ularni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga undadi. Tramp ushbu bayonotni Shotlandiyaga qilgan tashrifi chog'ida e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tailandning muvaqqat bosh vaziri Fumtam Vechayachay va Kambodja bosh vaziri Xun Manet bilan suhbatdan so‘ng tomonlar tez orada yuzma-yuz uchrashib, o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlikka erishish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi.

“Ikkala tomon ham zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlikka erishishga intilyapti,” — deb yozdi Tramp. 

Tailand yetti harbiy va 13 fuqaro halok bo‘lganini bildirgan bo‘lsa, Kambodja tomoni besh harbiy va sakkiz fuqaroning o‘limi haqida xabar berdi.

Tailandda universitet shaharchasi vaqtinchalik boshpanaga aylantirilib, u yerda 5 000 dan ortiq odam istiqomat qilmoqda. Ularning ko‘pchiligi chegaraga yaqin joylarda yashagan fuqarolardir.

Chegara mojarosining ildizi — qadimiy ibodatxonalar va belgilab olinmagan chegara chizig‘i
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi 817 kilometrli quruqlik chegarasida yillar davomida huquqiy jihatdan aniqlanmagan hududlar borligi sababli doimiy ziddiyatlar kuzatilib kelinadi.

Mintaqaviy va xalqaro aralashuv
Malaziya bosh vaziri Anvar Ibrohim, ayni paytda ASEAN (Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi) raisi sifatida, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha tashabbusni ilgari surmoqda.

BMT Xavfsizlik Kengashidagi yig‘ilishda Tailand vakili Kambodja tomonidan qo‘shni hududga minalar qo‘yilgani va hujumlar sodir etilganini aytdi. Kambodja esa Tailandni “qa’ridan o‘ylangan va noqonuniy harbiy tajovuz”da aybladi va xalqaro hamjamiyatni Tailand harakatlarini keskin qoralashga chaqirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga rozilik bildirdi