Yaponiyada umr davomiyligi borasida navbatdagi rekord yangilandi, deb xabar berdi NHK telekanali. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda mamlakat ayollarining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 87,13 yoshni tashkil etdi va bu bilan Yaponiya 40-marta ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon yetakchisi bo‘lib qoldi. Erkaklar uchun esa o‘rtacha ko‘rsatkich 81,09 yoshga teng bo‘ldi.
Ko‘rsatkichlar 2023 yilga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi — ayollarda umr davomiyligi atigi 0,01 foizga oshgan bo‘lsa, erkaklarda esa o‘tgan yil darajasida saqlanib qolgan. Yaponiya ayollari uchun bu 40 yillik ustunlik hisoblansa-da, yapon erkaklari bu borada dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Ular faqatgina Shvetsiya, Shveysariya va Norvegiya kabi davlatlardan orqada qolmoqda.
Vazirlik xabariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim holatlari kamaygan, mamlakatda esa ko‘proq odamlar tabiiy sabablar bilan hayotdan ko‘z yummoqda. Shuningdek, Yaponiyada kutilayotgan umr davomiyligining o‘sishi COVID-19 pandemiyasi davridagi o‘limlar sabab sekinlashgani qayd etilgan. 2023 yilda esa bu ko‘rsatkichlar barqarorlashgani ta’kidlandi.
Yaponiyaning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha yetakchiligi dunyoda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mamlakatdagi sog‘lom turmush tarzi, tibbiyot rivoji va kasalliklardan profilaktika bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bu natijalarga erishishda muhim omil bo‘lmoqda. Jamoatchilik esa har yili qayd etiladigan bunday rekordlarni ijobiy tendensiya va yangi umid sifatida baholashmoqda.
Yaponiyada ayollar umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha yana rekord o‘rnatdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar