1. Shampunni noto‘g‘ri qo‘llash
Ko‘pchilik shampunni soch bo‘ylab to‘liq surtib, ko‘piklab yuvishni odat qilgan. Aslida esa shampun faqat bosh terisiga, ya’ni ildiz qismiga surtiladi. Doktor Salomning ta’kidlashicha, shampunning maqsadi — teridagi kir va yog‘larni tozalashdir. Shampundan ortiqcha foydalanish soch uchlarini quritib, ularning holatini yanada yomonlashtiradi. Shampunni ildizlarga massaj qilgan holda qo‘llash, keyin esa oqim suv bilan soch bo‘ylab tarqalishi kifoya.
2. Juda issiq suvda yuvish
O‘zbekistonda ayniqsa qish oylarida ko‘pchilik boshini iliqdan issiqroq suvda yuvishga urg‘u beradi. Ammo bu odat soch uchun zararli. Issiq suv nafaqat soch tuzilmasini shikastlaydi, balki salnik bezlarni faollashtiradi — natijada, soch tez yog‘lanib, yangi yuvilganiga qaramasdan, tezda iflos ko‘rinishga keladi. Shuning uchun boshni faqat iliq, ya’ni tana haroratiga yaqin suvda yuvish tavsiya etiladi.
3. “Ikkinchi yuvish” usulidan foydalanmaslik
Agar sizning maqsadingiz — toza, yengil va hajmli sochlarga ega bo‘lish bo‘lsa, “ikki marta yuvish” usulini qo‘llash juda samarali. Birinchi marta shampun — kir va mahsulot qoldiqlarini tozalaydi. Ikkinchi marta esa — bosh terisini tetiklashtirib, konditsioner va parvarish vositalari uchun yaxshi asos yaratadi. Bu usul, ayniqsa, soch ildizlarida tez yog‘ to‘planadiganlar uchun foydali hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!