Badavlat bir ayol katta yoʻlda oʻzining qimmatbaho avtomashinasini haydab ketayotsa, birdan mashinasi buzilib, toʻxtab qolibdi. Soʻngra ayol koʻp oʻylab oʻtirmay mashinasidan tushdi-da, katta tezlik bilan kelayotgan mashinalarni birin-ketin toʻxtata boshlabdi. Ammo hech biri toʻxtamas emish. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay, qorongʻu tushib, yomgʻir yogʻa boshlabdi.
Shu payt kutilmaganda yoshgina qorachadan kelgan yigit oʻzining eski rusumdagi avtomobilida kelib toʻxtadi. Ayol bir yigitga va bir mashinaga mensimaygina qarab:
“Mingsammikan yoki qolsammikan?” degan oʻy xayolidan oʻtdi.
Ayol koʻproq yigitni tashlanib qolishidan choʻchir edi. Chunki uning koʻrinishidan badavlat ayol ekanligini payqash qiyin emas edi-da.
Ammo ayol koʻp oʻylab oʻtirmay, bir qarorga keldi va mashinaga minib oldi. Yoʻl-yoʻlakay yigitning ism sharifi va ish joyini soʻrab bilib oldi.
Yigitning koʻrinishidan uning juda qashshoq va muhtoj bir inson surati aks etib turar edi. Yigit oʻzini “men kirakash Ahmad boʻlaman” deb tanishtirdi. Shundan soʻng ayolning koʻngli bir oz xotirjam boʻlgandek boʻldi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, ayol yigitning odobi-yu axloqiga va biron marotaba ayol tomon qayrilib gapirmaganiga qoyil qolib, yomon gumonlarga borganligi uchun oʻzini aybdordek his etdi. Shunday qilib shaharga ham yetib kelishdi. Ayol “yoʻl kira haqini qancha soʻrasa shuncha beraman” deb bir chekkada toʻxtashini soʻradi. Yigit toʻxtadi. Ayol:
– Yoʻl kira haqi qancha boʻldi?
Yigit:
– Hech qancha!!
– Yoʻq... boʻlishi mumkin emas. Siz menga yordam berib manzilimgacha yetkazib qoʻydingiz.
Ahmad ayolga qarab dedi:
– Yoʻlingizda uchragan biron bir shaxsga yaxshilik qiling, mana shu mening xizmat haqqim boʻla qolsin, deb yoʻlida davom etib ketdi.
Bunday kutilmagan javobdan ayol hayratda edi. Biroz turib oʻylanib qoldi, soʻngra yoʻlida davom etib, yoʻl yoʻlakay qahvaxonaga kirdi va ofitsiant ayoldan qahvaga buyurtma berdi.
Ofitsiant ayol qahva keltirdi. Badavlat ayol uning ranglari oʻchgan maʼyus chehrasiga va katta boʻlib boʻrtib chiqib turgan qorniga nazar solib soʻradi:
– Ahvolingiz yaxshimi singlim, charchagan koʻrinasiz?!
Ofitsiant ayol:
– Oy kunim yaqinlashganga oʻxshaydi. Shunga boʻlsa kerak...
– Unday boʻlsa nega biroz dam olmaysiz?, deb ofitsiant ayolga qahvaning pulini uzatdi.
Ofitsiant ayol pullarni olib dedi:
– Koʻz yorishimga ozgina boʻlsa ham mablagʻ boʻlsin deb boʻsh vaqtlarimdan ham foydalanaman, deb hisobchining oldiga ayolning qaytimini olish uchun ketdi. Chunki ayol qahvaning pulini ofitsiant ayolga oʻn barovar koʻp qogʻoz pulida bergan edi. Ofitsiant ayol qaytimlarni olib, badavlat ayolga bermoqchi boʻlib qarasa, oʻng va soʻlida ham ayol yoʻq emish. Ammo uning oʻtirgan joyida bir parcha qogʻoz boʻlib, unda “qaytimi sizga hadya” degan soʻzlar yozilgan edi. Ofitsiant ayol buni koʻrib judayam quvonib ketibdi va yana nimadir izlagandek varoqchaning orqa betiga nazar solib qarasa, u yerda “goʻdakning hadyasi esa stolning tagida” degan soʻzlar bitilgan ekan. Ofitsiant ayol oylik maoshiga 6 barovar keladigan mablagʻni koʻrib, quvonganidan qichqirib yuboradi va koʻzlari limmo-lim yoshga toʻlib “tugʻilajak farzandimiz gʻamida yurgan hojamni borib xushxabar bilan tezroq quvontiray” deb ishidan ruxsat soʻraydi. U tez-tez yurib uyiga qaytar ekan, uning shahdam bosgan qadamlari goʻyo kuchli shamoldan ham oʻzib ketar edi.
Uyiga vaqtidan ilgari qaytgani uchun taajjublanib turgan hojasini ayol shosha-pisha chaqirishga tushdi. Yoki tugʻish mahali boʻldimikan desa, ayolining quvonchli ovozidan bunga sira oʻxshamas edi. Ayol “Ahmadaka” deb hojasini bagʻriga oʻzini otib, dedi:
“Alloh bizni Oʻz marhamati ila siyladi”...
Shuni yodda tutingkim, qayerda boʻlsangiz ham qilgan yaxshiligingiz albatta siz uchun qaytajakdir. Chunki, “Ehsonning mukofoti faqat ehsondir” (“Ar-Rohman” surasi, 60-oyat)
Moʻʼminning hayoti balo va ofatsiz boʻlmaydi. Bu balo va ofatlar esa sabr bilan lazzatli boʻladi. Bu sabr rozilik bilan mukammal boʻladi. Xushxabar mana shu yerda boʻladi. “Sabr qiluvchilarga xushxabar bering!”.
Ayolingizni baxtiyor etadigan bir necha usullar
– Uyga kirayotganingizda tabassum bilan kiring. Uni koʻrganingizdan judayam xursand ekanligingizni bildiring.
– Unga: Seni juda ham sogʻindim. Bunchalar ham goʻzal boʻlmasang, deb ayting.
– Ayniqsa agar u ishlamasa...“Ehtiyojlaring uchun sarf etarsan” deb, ataganingizdan berib turing.
– Uyqudan turganida xuddi ota-onasi unga iliq mehr koʻrsatganidek, siz ham unga iliq munosabatda boʻling.
Uy ishlaridan holi boʻlganlarida esa undan shirin soʻzingizni ayamang. Chunki, baʼzan juda ham holdan toygan boʻladi-da.
– Volidangiz huzurlarida ora-chora uning qanchalar ozoda ekanligini aytib, maqtab qoʻying.
– Ayolingizni hech qachon boshqa birov bilan tenglashtirmang yoki solishtira koʻrmang. Chunki u ham sizni hech kim bilan solishtirmaydi-da.
– Unga ishxonangizdagi hamkasabangiz haqida gapirishingiz shart emas.
– Haftada bir marta uni sayr qildirib keling. Uni uyga mixlab qoʻyishingiz yaxshi emas.
– Qavm-qarindoshlarini unga maqtab turing. Judayam koʻngli koʻtariladi.
Shuningdek, unga qarindoshlari huzurida shirin munosabatda boʻling. Toki oʻzini ular oldida qanchalar “Baxtli ayol” ekanligini his etsin.
– Ishlardan charchab holdan toyganida, bir piyola choy bilan siylang.
Toki toliqqanlari bir zumda yodidan chiqsin.
Hotam al-Asom roziyallohu anhu aytadi: “Soliha ayol dinning ustuni, uyning binokori va toat-ibodatda yordamchidir”.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi