20:12 / 09.09.2018
5 108

Maqsadlaringizga erishish uchun hayotingiz “audit”ini oʻtkazing

Maqsadlaringizga erishish uchun hayotingiz “audit”ini oʻtkazing
Yozuvchi va jurnalist Tomas Oppong muvaffaqiyatga erishishda hayotingizni doimiy ravishda tahlil qilish muhimligini aytdi va buni toʻgʻri bajarish borasida bir necha maslahatlar berdi.

Hayotingizni besh, oʻn, qirq yildan keyin qanday koʻrishni istardingiz? Bu savolga roʻyirost javob bera olasizmi?

Koʻpchilik oʻziga hayoti, nima bilan shugʻullanayotgani haqida oʻylab koʻrish imkoniyatini bermaydi. Biz doim shu darajada bandmizki, baʼzida biroz tin olib, oʻtgan hafta, oy va yilni baholash toʻgʻrisida unutamiz.

Hayot “audit”ini oʻtkazish boshlagan ishlarimizda qanday natijalarga erishganimiz, qaysi yoʻnalishda harakat qilish, nima bilan shugʻullanishni bas qilish va yanada yaxshiroq boʻlish uchun qanday vazifalarni bajarish boʻyicha baholash.

Bunday tahlilning mohiyati hayotni tashkil qilishdan iborat. Muhimi – oʻz-oʻzimiz bilan rostgoʻy boʻlish.

Birinchidan, har bir maqsad, istak, ehtiyojni turli qogʻozlarga yozing (masalan, yangi ish topish, yutuqni qoʻlga kiritish, okean yonida yashash).

Ikkinchidan, bu roʻyxatni kategoriyalarga ajrating (masalan, sogʻlik, oila, karyera).

Uchinchidan, ularni vaqt boʻyicha tashkil qiling (har bir maqsadga erishish uchun qancha vaqt ketadi).

Shaxsiy hayotning “taftishi”ni oʻtkazsangiz, samaradorligingiz ortadi.

Hammasi boʻlib nima sizni koʻproq qiziqtiradi/xavotirga soladi va siz buning ustida ish olib boryapsizmi?

Bunday tekshiruvni doimiy tarzda oʻtkazing. Zaruriyatga koʻra, hayotingiz maqsadlarini qayta tekshiring va diqqatni oʻzgartiring. Oʻz taqvimingizga haftalik, oylik “audit”ni kiriting. Oʻzingizga quyidagi savollarni bering:

Foto: Unsplash
Qay biri yaxshi oʻtdi? Yomon oʻtdi? Men nimani yaxshiroq bajaraman?

Bir necha soatni tekshiruvga sarflash shart emas. Bir hafta davomidagi oʻz samaradorligingizni tezda baholashingiz mumkin:
  • Bu maqsadlarimga erishishda qanday yordam beradi?
  • Buni ishlar roʻyxatiga kiritish orqali nimaga ega boʻlaman? Boshqa yoʻl bilan ham shu foydaga ega boʻlamanmi?
  • Buni ishlar roʻyxatidan olib tashlash evaziga nimani yoʻqotaman? Uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun bu taʼsir qiladimi?
  • Men yaratganimga koʻra koʻproq isteʼmol qilamanmi yoki aksincha?
  • Taym-menejmentga nima deysiz? Chalgʻishlar samaradorlikka taʼsir qiladimi?

Bir necha daqiqa davomida boʻlsa-da, oʻtgan zamonni tahlil qiling va nimaga erishganingiz, kelajakda aqlliroq boʻlish uchun oʻylab koʻring.

Oʻzingizga yordam berishingiz kerak odamdek munosabatda boʻling. Shaxsiy “qayta ishga tushirish” oʻylab koʻrish uchun aʼlo darajadagi yondashuv.

Oʻz-oʻzini tekshirish ustuvorliklarni toʻgʻri tartiblash va har hafta diqqatni qaratishda yordam beradi. Ish va hayotning tahlili rivojlanish uchun gʻoyalar olib keladi. Koʻp odamlar qanday qilib yaxshiroq boʻlishni bilmaganlari uchun bir joyda turib qolishadi. Ular oʻz hayotini baholashmaydi!

Natija hissaga bogʻliq

Agar yaxshiroq natijalarga intilayotgan boʻlsangiz, oʻz hissangizni baholang. Ishlarning hozirgi holatiga norozi boʻlsangiz, vaqtni nimaga sarflayotganingizga eʼtibor bering.

Foto: Unsplash
Maʼlumotlarning katta qismi vaqtni oladi va maqsad, orzuingiz uchun dolzarb hisoblanmaydi. Bir xil harakatlarni bajarishda davom etsangiz, boshqa natijalardan umid qilish yaramaydi. Foydali boʻlmagan mashgʻulotlar roʻyxatini qisqartiring, maqsadlaringizga erishishga muvaffaq boʻlasiz.

Qadamlar

Har oy oʻz mashgʻulotlaringizni qayta koʻrib chiqish uchun vaqt ajrating. Ijtimoiy tarmoqlar ham bundan istisno emas.
  • Bu harakatlar maqsad, istak va qadriyatlarni aks ettiradimi?
  • Ayni payt qaysi mashgʻulotlardan voz kechishingiz kerak?
  • Aksincha nimaning ustida qattiq ishlash kerak?
  • Keyingi oylar davomida nimaga erisha olasiz?
  • Uzoq muddatli maqsadlar nimalardan iborat?
  • Hayotiy maqsadlarga yanada yaqin kelish uchun bugun nima qila olasiz?

Agar boshqa maqsadlarga erishishni istasangiz, biroq ayni damda bajarayotgan ishlarda davom etsangiz, hech narsani oʻzgartirmaysiz. Agar katta narsa haqida orzu qilayotgan boʻlsangiz, har kunlik xatti-harakatlarni tahlil etish vaqti keldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Maqsadlaringizga erishish uchun hayotingiz “audit”ini oʻtkazing