date

O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" "Vitebsk"ni mag‘lubiyatga uchratdi

O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" "Vitebsk"ni mag‘lubiyatga uchratdi
"Dinamo" klubi Belarus yig‘inidagi so‘nggi o‘yinida bugun "Vitebsk" klubiga qarshi maydonga tushdi. Minskdagi bahsda Vadim Abramov shogirdlari g‘alaba qozonishdi.

33-daqiqada hamyurtlarimizning hujumidan keyin raqib himoyachisi avtogolga sabab bo‘ldi – 1:0. Ikkinchi bo‘limda esa zaxiradan maydonga tushgan Behruzbek Obloqulov "Dinamo"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi – 2:0.

Shu tariqa, "Dinamo" ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham g‘alabaga erishdi. Jamoa ertaga, 26 iyul kuni O‘zbekistonga qaytadi.

"Vitebsk" (Belarus) - "Dinamo" (O‘zbekiston) – 0:2
Gollar: Yankovskiy 33 avtogol, B.Obloqulov 70.

"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Ulug‘bek Abdullayev, Jaloliddin Jumaboyev, Oleksandr Kucherenko, Sanjar Qodirqulov, Ratino, Dmitriy Pletnyov, Jahongir Abdusalomov, Richard Fraydey, Anvarjon Hojimirzayev, Ulug‘bek Hoshimov.

Zaxira: S.Karimov, A.Abdurasulov, M.Stanoyevich, F.Abdurahmonov, B.Nasimov, B.Obloqulov, M.Mirahmadov, A.Hoshimov, X.Xalilov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" "Vitebsk"ni mag‘lubiyatga uchratdi