date

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari ishdan olindi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari ishdan olindi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch amaldori ishdan olindi.

Prezidentining farmoni bilan Tal’at Shuxratovich Valiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Administratsiya farmoyishi bilan Baxodir Baxtiyarovich Maxmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirilishini ta’minlash va xalqaro gumanitar hamkorlik sho‘basi mudiri lavozimidan ozod qilindi.

Bundan tashqari, Shovqiddin Abduvaliyevich Karshiyev O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati Davlat chegarasi xavfsizligi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni ta’minlash sho‘basi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari ishdan olindi