
Meksikaning Oaxaca shtatida joylashgan San-Pedro-Uamelula shahrida g‘aroyib va qadimiy urf-odatga asoslangan marosim bo‘lib o‘tdi. Shaharning amaldagi meri Daniel Gutyerres jonli kayman — krokodilsimon sudralib yuruvchi hayvon bilan rasmiy ramziy nikoh o‘tkazdi. Bu an’ana 230 yildan ortiq vaqt mobaynida har yili takrorlanadi.
Ushbu urf-odatga ko‘ra, mer “tabiat malikasi” rolini o‘ynayotgan kayman bilan turmush quradi. Marosimning maqsadi — yerning hosildorligi, mo‘l-ko‘llik, baraka va yomg‘irga umid qilish. Nikoh marosimi tantanali tarzda, musiqa va xalqona liboslar bilan o‘tkaziladi. Kaymanga esa kelinlar kabi oq libos kiydiriladi.
Mer Daniel Gutyerres marosim paytida ushbu qadimiy udumni faxr bilan davom ettirayotganini aytib, bu marosim orqali jamiyat va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik mustahkamlanishini ta’kidladi.
Mahalliy aholi buni jiddiy qabul qiladi va ularni qadimdan kelayotgan muqaddas urf-odat sifatida hurmat qiladi. Marosimdan so‘ng hayvon ehtiyotkorlik bilan tabiatga qaytariladi va unga hech qanday zarar yetkazilmaydi.
Bu voqea xalqaro OAVda keng muhokama qilinmoqda. Ba’zilar uni qiziqarli madaniy meros deb bilsa, boshqalar hayvon huquqlari nuqtayi nazaridan e’tiroz bildirmoqda. Biroq San-Pedro aholisi uchun bu — asrlar davomida yashab kelayotgan baraka tilovchi urf-odatdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar