17:07 / 16.01.2019
4 322

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: "Asad" burji vakillari uchun (23 iyul – 23 avgust)

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: "Asad" burji vakillari uchun (23 iyul – 23 avgust)
Umumiy bashorat
“Asad”lar 2019 yil nafaqat yaqinlari va do‘stlari, balki yangi tanishlar e’tibor markazida bo‘ladi. “To‘ng‘iz yili”da aksariyat insonlarni rahbarlik lavozimi kutmoqda. 2019 yilda ish rejalaringizni aniq rejalashtirishga va qolgan vaqtingizni yaqinlaringiz davrasida o‘tkazishga harakat qiling. Tez-tez dam olib turishni ham unutmang. Ish faoliyatini boshqa shaharda olib borish omad olib keladi.

Oila qurishga ulgurmaganlar, nihoyat, yangi yilda baxtini topadi. Demak, “Asad”lar yil boshidanoq to‘yga harakatlarini boshlashi kerak.
“It yili”ni shodu xurramlikda o‘tkazgan “Asad”lar, “To‘ng‘iz yili”da boshqalarga emas, o‘z kuchlariga tayanib ish ko‘rishlari kerak.

2019 yilda boshingizdagi “toj”ni yechib, boshqalarga past nazar bilan qarashni bas qilishingiz tavsiya etiladi. Ana shundagina ishlaringiz o‘ngidan kelishiga shubha yo‘q.
Fevral oyida qolib ketgan ishlarni va muammolarni hal etish bilan band bo‘lasiz. Shuningdek, hamkorlar bilan munosabatlarni tiklashga ham vaqt toping.

Xizmat joyingizda jamoa bilan munosabatlar qil ustida turadi. Shuning uchun boshliqlar nazariga tushgan xodimlardan o‘rnak olishga to‘g‘ri keladi. Aks holda, ishlaringiz yuqoriga emas, pastga sho‘ng‘ishi mumkin.
O‘z iqtidoringizni ijodiy sohada ham namoyon qiling. “To‘ng‘iz yili”da turli sohalarda, jumladan, san’at, siyosat, ta’lim va savdo-sotiqda omadingiz kuladi.

Bahor — muhabbat pallasi. Sevgi sizni ham nishonga olishi mumkin. Biroq ortiqcha rashk va o‘ziga ishonish bu borada omadsizlikka ham olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Agar juftingizni qo‘ldan boy bermasangiz, yoz fasli to‘y o‘tkazish uchun eng qulay fursatdir. Faqat to‘y marosimini dabdabali o‘tkazishga hojat yo‘q. Yulduzlar kamtarona va ortiqcha xarajatlarsiz tashkillashtirishni maslahat berishmoqda.

Oilali “Asad”lar uchun 2019 yil ehtiroslarga boy bo‘ladi. Biroq qarindoshlar bilan tez-tez muam­molar yuzaga kelib turadi. Agar hali farzand ko‘rmagan bo‘lsa “To‘ng‘iz yili”da avlodingiz davomchisi haqida o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Yozda maishiy muammolar ham yuzaga keladi.

Ha, aytgancha, “To‘ng‘iz yili”da o‘z garderobingizni ham o‘zgartiring. Yangi uslubdagi kiyimlar va soch turmagi har jabhada asqatadi.
Yulduzlar 2019 yilda ko‘proq ochiq havoda sayr qilishni va tabiat qo‘ynida dam olishni maslahat bermoqda.

Kuzga kelib qattiq toliqasiz. Axir yarim yil davomida tinimsiz ishladingiz. Agar imkoni bo‘lsa, ta’tilga chiqing va sayohatga otlaning. Qayerga borishni o‘zingiz tanlang. Eng asosiysi, issiqroq mamlakat bo‘lsin.
Mehnatlaringiz samarasini beradi. Yil yakunida bajargan ishlaringizdan ko‘nglingiz shod bo‘lishi kutilmoqda.

ShAXSIY HAYoT
Hali oila qurmaganlar sevgi-muhabbat borasida jiddiy yondashib, o‘ziga mos umr yo‘ldoshni topishi kerak. Bu borada yulduzlar kishilarning tashqi ko‘rinishiga emas, balki ularning bilimi va tarbiyasiga ahamiyat qaratishni maslahat berishmoqda.

Oila siz uchun juda qadrli, buni bilamiz. Shuning uchun yulduzlar oilali burj egalari bola tarbiyasiga, oiladagi muhitni yaxshilashga ko‘proq e’tibor berishlari kerakligi haqida ogohlantirishmoqda.

“To‘ng‘iz yili”da turmushida juda katta o‘zgarishlar kutilmoqda. Farzand dunyoga kelishi, yangi uyga ko‘chish, uyni ta’mirlash, yangi maishiy texnika xarid qilish... Shunga yarasha ishlab katta daromadga ega bo‘lishingiz kutilmoqda. Kredit olish haqida o‘ylab yurganlar esa 2019 yilda buni unutishlari kerak. O‘z kuchingizga ishonganingiz sizga ko‘proq omad keltiradi.

SALOMATLIK
2019 yilda salomatlik izdan chiqadi. Gastrit, apatiya, ruhiy zo‘riqishlar va shamollash sizga xavf solishi mumkin. Agar sog‘lig‘ingizni o‘z vaqtida nazorat qilib yursangiz, kasalliklar jiddiy asoratlarga olib kelmaydi.

Ovqatlanish tartibiga e’tibor bering. Taomnomangiz vitaminga boy bo‘lishi muhim. Uqalash muolajalari va nafas olish mashqlari ham salomatligingizni yaxshilaydi.Qish mavsumida tomog‘ingizni asrashga harakat qiling. Chunki 2019 yil angina va bronxit bilan og‘rib qolish xavfi bor.

KARERA
Agar “Asad”­lar­ “To‘ng‘iz yili”da yaxshigina daro­madga ega bo‘lishni istasalar, shaxsiy biznesni yo‘lga qo‘yishlariga to‘g‘ri keladi. Yulduzlar biror mahsulotga pul tikib, foydasini ortig‘i bilan olishingizni bashorat qilishmoqda.

Xarid borasida tejamkorroq va kamtarroq bo‘ling. Boylik ham bir sinov. Ushbu sinovdan yaxshi o‘tish o‘z qo‘lingizda. Topgan pullaringizni aql bilan sarflashga, bir qismini jamg‘arib qo‘yishga o‘rganish foydadan xoli emas. Xayrli ishlarga ko‘proq bosh qo‘shing. Saxovatpesha kishilarga omad doim kulib boqqan. Ishoning qilgan yaxshiliklaringiz o‘zingizga, albatta, qaytadi.
Qo‘shimcha ish bilan shug‘ullangan “Asad”lar dekabr oyida avtomashinaga yoki yangi uy-joyga ega bo‘lishlari mumkin.

AYoL "ASAD"LAR
Yanvar oyidan iyulga qadar ayol “Asad”larni biroz noxush kayfiyat chulg‘ab oladi. Chunki ish yuzasidan bir qancha muammolarni hal etishga to‘g‘ri keladi. Nima bo‘lganda ham hamkasblaringiz va rahbariyat bilan iliq munosabatlarni saqlab qoling. Asabbuzarliklar salomatligingizga ham ta’sir qiladi. Ish sizni shu darajada qattiq toliqtirib qo‘yadiki, keyin salomatligingizni tiklashga uzoq vaqt talab qilinishi mumkin. Oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘rish xavfi ham bor. Shuning uchun o‘z vaqtida uxlash va yaxshi ovqatlanish bu yilgi asosiy talabdir.

Iyul oyida xizmatda ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishasiz. Kuzda esa doimo shug‘ullanib kelgan ishingiz sermahsul bo‘lib, barcha amalga oshirgan loyihalaringiz daromad olib keladi. Xizmat joyingizda o‘sish kuzatiladi.
Oilali ayol “Asad”larning oilasida quvonchli damlar ko‘p bo‘ladi. Bu asosan oktyabr oyidan ­dekabr oyigacha eng yuqori cho‘qqiga yetadi.

ERKAK "ASAD"LAR
“To‘ng‘iz yili” erkak “Asad”lar uchun biroz zerikarli bo‘lishi mumkin. Yil davomida quvvatsizlik va horg‘inlik sizni qurshab oladi. Agar ularning changalidan qochib qutula olsangiz va olg‘a intilishda davom etsangiz, ish borasida katta muvaffaqiyatlarga erishasiz.Daromadingiz ham ortadi. Oldinda sizni foydali takliflar va ajoyib loyihalar kutmoqda.

Shaxsiy biznesni yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lganlar ishni boshlasa ham bo‘ladi. Biroq foydasi haqida o‘ylashga shoshmang. Daromad kelishi uchun biroz vaqt talab qilinadi.

Ish rivojlanib turgan bir vaqtda, oilangizda ayolingiz bilan muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun besabab rashk qilish, qo‘pollik qilish kabi odatlaringizni yig‘ishtiring. Uyingiz bekasiga va farzandlaringizga xushmuomala bo‘lishga harakat qiling. Ana shunda, hammasi yana iziga tushib ketadi.

Manba: Darakchi.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » "To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: "Asad" burji vakillari uchun (23 iyul – 23 avgust)
[/banner_pushhouse