date

Asabiylik, charchoq va e’tibor kamligi- qaysi vitamin yetishmasligidan darak?

Asabiylik, charchoq va e’tibor kamligi- qaysi vitamin yetishmasligidan darak?
B12 vitamini (kobalamin)- inson salomatligi uchun nihoyatda muhim bo‘lgan suvda eruvchan modda bo‘lib, asosan asab tizimi, qon hosil bo‘lishi va hujayra energiyasi uchun zarurdir. Ammo ko‘pchilik uning yetishmovchiligi asta-sekin, yillar davomida jiddiy muammolar keltirib chiqarishini bilmaydi. Ushbu maqoladan siz B12 yetishmasligining sabablari, alomatlari va oldini olish yo‘llari haqida chuqur va sodda ma’lumot olasiz.

B12 vitamini odam organizmidagi muhim vazifalari- asab tolalarini himoya qilish, qizil qon tanachalarini ishlab chiqarishda ishtirok etish, DNK sintezida qatnashish, energiya ishlab chiqarishga ko‘maklashish, miya faoliyatini barqarorlashtirish.

B12 vitamini asosan go‘sht, tuxum, jigar, sut mahsulotlarida mavjud.

B12 yetishmovchilik sabablari- vegetarian yoki vegan parhez (hayvon mahsulotlarini iste’mol qilmaslik), surunkali gastrit, oshqozon shirasi yetishmovchiligi, ichakdagi so‘rilish muammolari (Kron kasalligi, kishi ichagi sindromi), yosh o‘tgan sayin so‘rilish qobiliyatining pasayishi, pernisioz anemiya (avtoimmun buzilish).

B12 yetishmasligi alomatlari- surunkali charchoq va holsizlik, e’tibor va xotira pasayishi, qon bosimi pastligi, bosh aylanishi, qo‘l-oyoqlarda uvishish, oyoq-qo‘llarda muvofiqlashtirish qiyinlashuvi, og‘izda yaralar, tilda qizarish va og‘riq, kayfiyatning tushishi, depressiya.

Bolalar va homiladorlar uchun xavfli bo‘lgan holatlar:
- Homiladorlik davrida B12 yetishmovchiligi homilaning asab tizimi rivojlanishida nuqsonlar keltirib chiqarishi mumkin.

- Bolalarda esa o‘sishdan qolish, ruhiy rivojlanishda kechikish, doimiy asabiylik va e’tibor yetishmovchiligi kuzatiladi.

Oldini olish va davolash:
- B12 ga boy oziq-ovqatlar: mol jigar, tuxum, baliq, pishloq, yogurt, qatiq muntazam iste’mol qilish.

- Parhez qiluvchilar uchun: B12 bilan boyitilgan mahsulotlar yoki parhez qo‘shimchalari (vitamin tabletkalari).

- Og‘ir yetishmovchilikda: shifokor nazoratida B12 ineksiyalari

B12 yetishmovchiligi maxsus qon tahlillari – serum B12, homotsistein yoki metilmalon kislotasi yordamida aniqlanadi. Davolanish ham faqat shifokor nazoratida olib borilishi kerak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Asabiylik, charchoq va e’tibor kamligi- qaysi vitamin yetishmasligidan darak?