Foto: «22century.ru»
AQShdagi Garvard tibbiyot maktabi olimlarining o‘rganishicha, demensiya va epilepsiya bilan bog‘liq miyadagi neyronlarning ortiqcha faolligi qarish hamda bevaqt hayotdan ko‘z yumishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qildi.
Tadqiqotchilar 60 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan odamlarning miya to‘qimalaridagi genlarni tahlil qilishdi. Buni qarangki, 60 – 80 yoshlarda vafot etganlarga nisbatan uzoq umr ko‘rgan odamlarda asabiy hayajonlanish bilan bog‘liq genlar faolligi sustroq kechgan. DNK faolligi genlar ekspressiyasi chog‘ida sintezlanadigan RNK-molekulalar — transkriptlar soniga ko‘ra hisoblangan.
Nematod va genetik modifikatsiyalangan sichqonlar ustida o‘tkazilgan qo‘shimcha tajribalar, shuningdek, uzoq umr ko‘ruvchilarning miya to‘qimalari tahlili asabiy hayajonlanish bilan umr ko‘rish darajasi o‘rtasidagi o‘zgarishlarni namoyish etdi. Bunda «REST» oqsili hal qiluvchi rol o‘ynaydi. U neyronlarning ortiqcha faolligini bosadi. Ushbu oqsilni bloklash erta o‘lim xavfini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi