
2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida 73 ta xorijiy kompaniya O‘zbekiston byudjetiga jami 124,8 milliard so‘m soliq to‘ladi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 44 foizga ko‘pdir.
Eng yirik o‘n kompaniya jami soliq tushumlarining 93 foizini tashkil etgan. Ular orasida Meta 35,2 milliard so‘m, Apple 35,1 milliard so‘m, Google 31,2 milliard so‘m, OpenAI 4,7 milliard so‘m, Booking.com esa 2,9 milliard so‘m soliq to‘lagan.
Qolgan kompaniyalarga kelsak, TikTok 2,6 milliard so‘m, Netflix 1,3 milliard so‘m, Acc va Zoom har biri 1,1 milliard so‘m, Adobe esa 1 milliard so‘m miqdorida soliq to‘lagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar