date

Rossiyada to‘qqizinchi sinf maktab o‘quvchisi qurolli hujum uyushtirdi

Rossiyada to‘qqizinchi sinf maktab o‘quvchisi qurolli hujum uyushtirdi

O‘quvchi pnevmatik qurol va petardadan foydalangani aytilayotgan bu voqea Rossiyada katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Rossiyaning Ufa shahrida joylashgan 16-sonli shahar gimnaziyasida to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi tomonidan qurolli hodisa sodir etilgani haqida mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda ommaviy axborot vositalari manbalari xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi plastik pnevmatik qurol va petarda bilan ta’lim muassasasiga kirgan. Dars jarayonida o‘qituvchi hamda uch nafar sinfdoshiga bir necha marta o‘q uzilgani qayd etilmoqda. Shuningdek, portlashga o‘xshash tovush eshitilgani haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

Voqea haqida xabar mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:00 atrofida kelib tushgan. Hodisa joyiga tezkor tarzda politsiya, Rossiya Milliy gvardiyasi va favqulodda xizmatlar yetib borgan. Maktab hududi nazoratga olinib, kirish yo‘llari vaqtincha cheklangan.

Boshqirdiston hukumati rahbari o‘rinbosari Ural Kilsenbayevning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Gumon qilinayotgan o‘quvchi esa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlangani aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tergov idoralari tomonidan bir qator jinoiy ishlar, jumladan, mansabdor shaxslarning beparvoligi bilan bog‘liq moddalar asosida surishtiruv jarayonlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida Odintsovo tumanidagi maktabda pichoq bilan qurollangan to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi tojikistonlik o‘n yoshli o‘quvchiga hujum qilgani xabar qilingandi. O‘sha fojia oqibatida to‘rtinchi sinf o‘quvchisi vafot etgani qayd etilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada to‘qqizinchi sinf maktab o‘quvchisi qurolli hujum uyushtirdi