Qaysi hududlar cashback bo‘yicha yetakchilik qildi?

2025 yil dekabr oyida O'zbekiston bo'ylab iste'molchilarga 209,7 millionta chek asosida jami 137,4 milliard so'mdan ortiq cashback to'lab berilgan. Cashback to'lovlari bo'yicha Toshkent shahri 42,7 milliard so'm bilan yetakchilik qilgan. Keyingi o'rinlarni Farg'ona viloyati 21,8 milliard so'm, Toshkent viloyati 15 milliard so'm, Qoraqalpog'iston Respublikasi 10,3 milliard so'm va Samarqand viloyati 8,4 milliard so'm bilan egallagan.
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil dekabr oyi davomida, 30 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab iste’molchilarga jami 137,4 milliard so‘mdan ortiq cashback (naqd pul qaytishi) to‘lab berilgan. Bu summa 209,7 millionta chek asosida shakllangan.
Cashback to‘lovlari bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda — 42,7 milliard so‘mlik to‘lov aynan poytaxt aholisi tomonidan olingan. Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati bo‘lib, bu hududda 21,8 milliard so‘m cashback qaytarilgan.
Keyingi pog‘onada Toshkent viloyati — 15 milliard so‘m, undan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 10,3 milliard so‘m va Samarqand viloyati — 8,4 milliard so‘m miqdorida cashback qaytgan.
Cashback tizimi orqali naqd pul qaytarilishi aholining rasmiy xarid qilish faoliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu esa iqtisodiy faollik va soliq tushumlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



























Izohlar 0
…