Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Kecha, 2 fevral kuni NASA va AQSH kosmik ob-havo xizmatlari Quyoshdagi faollik keskin kuchaygani sabab dunyo bo‘ylab ogohlantirishlar bergani aytildi. Xabarlarga ko‘ra, tez kengayayotgan 4366-raqamli quyosh dog‘i 2 fevral kuni to‘rtta X toifali kuchli chaqnashni keltirib chiqargan. Eng kuchlisi 1 fevral oqshomida X8.1 darajada qayd etilgan va 2024 yil oktyabridan beri eng yorqini sifatida baholangan.
Mutaxassislar fevral oyining birinchi haftasida bunday portlashlar yana davom etishi mumkinligini ta’kidlamoqda. X toifali chaqnashlar radioaloqa, elektr tarmoqlari va navigatsiya signallariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, kosmik texnika va astronavtlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, ultrabinafsha va rentgen nurlari yuqori atmosferani ionlashtirib, Janubiy Tinch okeanida R3 darajada radio uzilishlariga sabab bo‘lgan. Shuningdek, Avstraliyaning sharqi va Yangi Zelandiyada qisqa to‘lqinli aloqa muammolari kuzatilgan.
Qo‘shimcha ravishda, chaqnashlar ortidan chiqqan plazma buluti 5 fevral atrofida Yerga yaqinlashishi va pastroq kengliklarda avroralarni keltirib chiqarishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!