
2025-yil sentabr oyida O‘zbekiston Markaziy banki dunyoda oltin sotgan yagona markaziy bank bo‘ldi. Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy bank to‘rt tonna oltin sotgan.
Boshqa tomondan, ko‘pgina markaziy banklar oltin zaxiralarini oshirishni davom ettirdi. Masalan, Braziliya 15 tonna, Qozog‘iston sakkiz tonna, Gvatemala esa olti tonna oltin sotib oldi.
Umuman olganda, sentabr oyida dunyo bo‘yicha markaziy banklar umumiy oltin xaridlarini 39 tonnaga yetkazdi. Bu yil boshidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
2025-yilning boshidan beri jahon bo‘yicha sof oltin xaridlari hajmi 200 tonnaga yetdi. Bu 2024-yilning shu davridagi ko‘rsatkich (215 tonna)dan biroz kamroqdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar