
Oktyabr oyida aholining inflyatsiya bo‘yicha o‘rtacha prognozi 11,7%ni tashkil etdi, bu sentabr ko‘rsatkichidan 0,3%ga pastroqdir. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Median daraja esa 10,3% darajasida qoldi. Respublika bo‘yicha inflyatsiya kutilmalari eng yuqori Toshkentda — 14,5%, Toshkent viloyatida — 12,6% va Qashqadaryo viloyatida — 12,2% qayd etildi.
Eng past prognozlar esa Farg‘ona (10,4%), Andijon (10,5%) va Namangan (10,6%) viloyatlarida kuzatildi. Narxlar o‘sishiga bo‘lgan kutilmalar eng ko‘p maishiy xizmatlar (13,4%), savdo (12,6%) va turizm xizmatlari (12,4%) sohalarida qayd etildi.
Eng optimistik kutilmalar esa pensiya yoshidagilar (10%), tibbiyot xodimlari (10,1%) va talabalarda (10,9%) kuzatildi. Oylik daromadi 20–30 million so‘m bo‘lgan aholi inflyatsiya darajasini 19% deb baholagan bo‘lsa, oylik daromadi 4 million so‘mdan kam bo‘lganlar 10,6% darajasida baholadi.
Inflyatsiya kutilmalariga eng ko‘p ta’sir qiluvchi omillar sifatida kommunal xizmatlar tariflarining oshishi (46%) va energiya resurslarining qimmatlashuvi (42%) sanab o‘tildi. Shuningdek, oziq-ovqat narxlarining oshishi (27%), ish haqlarining ko‘tarilishi (26%) va transport xarajatlarining ko‘payishi (25%) ham muhim omillar qatoriga kiradi.
Biznes kutilmalari ham pasaymoqda: o‘rtacha ko‘rsatkich 11,1%, median esa 10%ni tashkil etdi. Eng yuqori kutilmalar Xorazm (12,8%), Toshkent (12,6%) va Toshkent viloyatida (12,2%), eng past kutilmalar esa Namangan, Jizzax (10,1%) va Andijon (10,2%) viloyatlarida qayd etildi.
Biznes yo‘nalishlari bo‘yicha inflyatsiya kutilmalari madaniyat (13%), umumiy ovqatlanish (12,4%) va qurilish (11,9%) sohalarida yuqori, qishloq xo‘jaligi (9,5%), hunarmandchilik (10,2%) va tibbiyot (10,3%) sohalarida esa past darajada bo‘ldi.
O‘zbekistonda inflyatsiya prognozi 11,7%ga tushdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar