
«Kommersant» nashrining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoydan Rossiyaga yiliga 10-15 milliard dollar aylanmaga ega «soya importi» yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Mahsulotlar Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali shaxsiy posilkalar ko‘rinishida yetkazib beriladi.
Buning uchun buyurtmalar Xitoyning mashhur savdo platformalari orqali amalga oshiriladi. Bunday mahsulotlar rasmiy importga qaraganda 20-30 foiz arzon tushadi.
Asosan, Xitoydan Rossiyaga kiyim-kechak, elektronika, poyabzal va maishiy texnika yetkazib beriladi. Ushbu sxema tufayli Rossiya byudjeti yiliga 400 milliard rublgacha mablag‘ yo‘qotmoqda.
Bunday amaliyotning ko‘payishi rasmiy yetkazib berishning yuqori narxi va xalqaro to‘lovlarda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Logistika bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xitoydan umumiy yetkazib berish hajmining 10-15 foizi aynan «kulrang import»ga to‘g‘ri kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar