
2025-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 59,3 milliard AQSh dollaridan oshdi. Bu raqam mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich bo‘ldi, deb xabar bermoqda Markaziy bank ma’lumotlari.
Yil boshidan beri zaxiralar 44,3 foizga o‘sdi, oylik o‘sish esa 8 foizni tashkil etdi. Ushbu 59,3 milliard dollarning qariyb 11 milliardi xorijiy valyutaga, 47,8 milliard dollardan ortig‘i esa qimmatbaho metallarga to‘g‘ri keladi.
Oltinning hajmi bir oy ichida 11,6 million troy unsiyadan 11,9 million troy unsiyaga oshdi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyida O‘zbekiston Markaziy banki dunyo regulyatorlari orasida oltin sotgan yagona mamlakat bo‘ldi.
Kuzning birinchi oyida mamlakat 4 tonna oltin sotdi. Shu bilan birga, boshqa mamlakatlarning markaziy banklari oltin xarid qilishni davom ettirdi.
Masalan, Braziliya sentabr oyida 15 tonna, Qozog‘iston 8 tonna, Gvatemala esa 6 tonna oltin sotib oldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston joriy yilning to‘qqiz oyida 9,9 milliard dollarlik oltin eksport qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 70,9 foizga ko‘pdir.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar