date

Markaziy bank dollar kursini e'lon qildi

Markaziy bank dollar kursini e'lon qildi
O'zbekiston Markaziy banki 24-noyabr uchun AQSh dollari kursini yangiladi. Endi 1 dollar 11 971,40 so'mni tashkil etib, 56,73 so'mga oshgan.

Shuningdek, regulyator Rossiya rublining kursini 151,81 so'm, yevro kursini esa 13 797,04 so'm deb belgiladi. 21-noyabr soat 16:00 holatiga ko'ra, banklar valyuta almashtirish shoxobchalarida dollarni 11 915–11 860 so'mdan sotib olib, 11 960–12 025 so'mdan sotmoqda.

Rubl kursi sotib olishda 90–142 so'm, sotishda esa 149–190 so'm oralig'ida. Yevroni esa 12 890–13 590 so'mdan sotib olib, 13 800–15 500 so'mdan sotishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank dollar kursini e'lon qildi