date

O‘zbekistonda islomiy banklar: ochilish sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda islomiy banklar: ochilish sanasi ma’lum bo‘ldi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilangan tahriri jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Unda mamlakat moliya tizimini yangilashga qaratilgan muhim islohotlar, shu jumladan islomiy moliya sohasida aniq reja va muddatlar belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, ko‘p yillar davomida muhokama qilinib kelingan islomiy moliya xizmatlarini joriy etish masalasida amaliy qadamlar tashlanadi. Jumladan, 2027 yilda islomiy moliya tamoyillari asosida ishlaydigan birinchi bank tashkil etilishi rejalashtirilgan. 2029–2030 yillar davomida esa yana ikki islomiy bank o‘z faoliyatini boshlashi ko‘zda tutilgan.

Shu tariqa, 2030 yilga kelib O‘zbekistonda uchta bank islomiy moliya qoidalari asosida xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda. Strategiyada bank sektorida davlat ishtirokini kamaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Rejaga muvofiq, 2027–2030 yillar oralig‘ida har yili bittadan davlat banki xususiylashtiriladi. Natijada, 2030 yilga borib davlat ixtiyorida atigi to‘rtta bank qoladi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur islohotlar moliya bozorida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, xususiy sektor ulushini oshirish hamda aholi va tadbirkorlarning islomiy moliya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda islomiy banklar: ochilish sanasi ma’lum bo‘ldi