Feruza Normatovadan sirli xushxabar: muxlislar taxmin qilmoqda (video)

Aktrisa Feruza Normatovaning Instagram sahifasida tarqalgan videolardan birida u hayotida juda quvonchli yangilik borligini ma’lum qildi. Video davomida aktrisa xotirjam va hayajonli kayfiyatda quyidagi so‘zlarni aytgan:
“Men sirlilikni, tinchlikni yaxshi ko‘raman. Juda ham xursandman. Alhamdulillah. Quvonchimizga sherik bo‘layotgan insonlar juda ko‘p. Biz uchun duo qilgan barchaga katta rahmat. Hayotimizda juda katta xushxabar bor”, — deydi u.
Mazkur videoni tomosha qilgan kuzatuvchilarning aksariyati izohlarda Feruza Normatovani ona bo‘lishdek ulkan baxtga erishgani bilan tabriklab, unga iliq tilaklar bildirishdi. Muxlislar aktrisaning quvonchini yurakdan qo‘llab-quvvatlab, xursandchiligiga sherik ekanliklarini izohlarda faol tarzda ifoda etishdi.