date

Noyabrda 45 tonna oltin: O‘zbekiston necha tonna oltin sotib olgan?

Noyabrda 45 tonna oltin: O‘zbekiston necha tonna oltin sotib olgan?

Jahon oltin kengashi ma’lumotiga ko‘ra, markaziy banklar noyabr oyida jami 45 tonna sof oltin xarid qilgan. Bu raqam global moliya bozorlaridagi beqarorlik fonida davlatlar “qattiq aktiv”ga qiziqishi yanada kuchayganini ko‘rsatadi.

Noyabrdagi eng yirik xaridorlar ro‘yxatining yuqori qismida Polsha (12 tonna) va Braziliya (11 tonna) turibdi. Uchinchi o‘ringa esa O‘zbekiston Markaziy banki (10 tonna) kirgan. Ya’ni, mamlakatimiz ushbu oyda oltin xaridi bo‘yicha yetakchilar qatorida bo‘ldi.

Shu bilan birga, qimmatbaho metall xaridini amalga oshirgan davlatlar orasida quyidagilar ham bor:

  • Qozog‘iston — 8 tonna

  • Qirg‘iziston — 2 tonna

  • Chexiya — 2 tonna

  • Xitoy — 1 tonna

  • Indoneziya — 1 tonna

Yil boshidan buyongi 11 oylik davrga kelganda esa kartinaning ikkinchi tomoni ham bor: O‘zbekiston Singapur va Rossiyadan keyingi uchinchi eng yirik oltin sotuvchi mamlakat sifatida qayd etilgan. Shu davrda asosiy xaridorlar sifatida Polsha (95 tonna), Qozog‘iston (49 tonna) va Braziliya (43 tonna) tilga olinadi.

Rasmiy raqamlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston jami 9,9 mlrd dollarlik oltin sotgan (o‘sish — +70,9%). Bu esa mamlakat umumiy eksportining 37,1%iga to‘g‘ri keladi.

Xulosa oddiy: bir tomonda rezervlarni mustahkamlash uchun xarid, ikkinchi tomonda eksport tushumi va valyuta oqimi uchun sotuv ketyapti. Endi asosiy savol — oltin narxi va tashqi bozorlar qanday harakat qiladi: trend saqlansa, 2026 yilda ham oltin O‘zbekiston eksportida “lokomotiv” bo‘lib qolishi ehtimoli katta.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Noyabrda 45 tonna oltin: O‘zbekiston necha tonna oltin sotib olgan?