date

«Verder» va «Hoffenhaym» o'yini boshqa kunga qoldirildi

«Verder» va «Hoffenhaym» o'yini boshqa kunga qoldirildi

«Verder» klubi rasmiy sayti orqali Bundesligadagi «Hoffenhaym»ga qarshi uchrashuv qoldirilganini ma'lum qildi. O'yin shanba kuni o'tkazilishi kerak edi, biroq Germaniya futbol ligasi klublar, stadion operatori va mahalliy rasmiylar bilan olib borilgan keng ko'lamli maslahatlashuvlardan so'ng bahsni bekor qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, stadionning turli hududlarida kuchli muzlash holati yuzaga kelgan. Shuningdek, arena hududining katta qismi qalin qor uyumlari bilan qoplangan.

Ob-havo prognozlari o'yin vaqtiga qadar vaziyat yaxshilanishini kafolatlamagani sabab, xavfsizlik nuqtayi nazaridan uchrashuv boshqa sanaga ko'chirildi. «Verder» yangi o'yin sanasi haqida keyinroq qo'shimcha ma'lumot beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Verder» va «Hoffenhaym» o'yini boshqa kunga qoldirildi