Shirer Sulsherning MYuga qaytishi g'alati deya baholadi

Angliya futbolining sobiq yulduzi Alan Shirer Ole-Gunnar Sulsherning «Manchester Yunayted»ga ehtimoliy qaytishiga shubha bilan qaradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ekspert fikricha, klub avval ishdan olingan murabbiyga yana bir bor tayanmasligi kerak. Shirer vaqtinchalik tayinlovlar rahbariyatni chalg'itib qo'yishi mumkinligini, «MYU» esa eski xatolarni takrorlab qo'yish xavfi borligini ta'kidladi.
«Sulsherni yana qayta tayinlash juda g'alati. Klub allaqachon ishdan bo'shatgan murabbiyga yana qaytishini tushunmayman. Uni bekorga olib tashlashmagan. Vaqtinchalik murabbiy yaxshi ishlasa, ehtiyot bo'lish va o'sha tuzoqqa yana tushib qolmaslik muhim», — deya Shirer so'zlarini keltiradi Daily Mail.
Avvalroq «Manchester Yunayted» Ruben Amorimni iste'foga chiqargandi. Hozir klub yangi bosh murabbiy izlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!