Zair-Emeri PSJning hech qachon taslim bo'lmas kayfiyatini aytdi

PSJ yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri Fransiya Superkubogi doirasida «Marsel»ga qarshi uchrashuvda parijliklarga g'alabani olib kelgan asosiy jihatlar haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Final nihoyatda keskin kechdi: PSJ raqibini faqat penaltilar seriyasida mag'lub etdi. Parijliklar to'rtta zarbani aniq ijro etgan bo'lsa, «Marsel» faqat bir marta gol ura oldi.
«Bu telba o'yin bo'ldi, ammo u jamoamizning kuchini va kayfiyatimizni — hech qachon taslim bo'lmasligimizni ko'rsatdi», — futbolchining so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. PSJ 1:2 hisobida ortda borayotgan edi, biroq qo'shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.
Luis Enrike jamoasi darvozasini bu safar Lyuka Shevalye qo'riqladi. Matvey Safonov esa qo'l panjasi sinishi sabab tiklanishda davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!