date

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 26,9 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 26,9 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda 2025 yil yanvar–noyabr oylarida ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 26,9 trln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi hisob-kitoblariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4%ga oshgan.

Ishlab chiqarishning eng katta qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, u yerda 16,6 trln so‘mlik ichimlik mahsulotlari tayyorlangan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (4,5 trln so‘m) va Xorazm viloyati (2,2 trln so‘m) qayd etildi.

Eng past natijalar Navoiy viloyatida kuzatilib, ishlab chiqarish atigi 25,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Jizzax viloyatida bu ko‘rsatkich 51,3 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida esa 85,1 mlrd so‘m bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 26,9 trln so‘mga yetdi