Endrik Lionga ketdi, ammo Realni tark etmadi

Madridning “Real” klubidan “Lion”ga ijara asosida o‘tgan hujumchi Endrik transferi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi yanvar oyining boshida “tqachilar” safiga qo‘shildi. Tomonlar o‘rtasidagi ijara shartnomasi joriy mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.
“Dunyodagi eng zo‘r klubdan ayrilish har kim uchun og‘ir. Barchaning orzusi bo‘lgan jamoada o‘ynashni xohlaysan, lekin men “Real”ni tark etmadim — bu shunchaki tanaffus. “Lion”da men nihoyat doimiy o‘ynash imkoniga ega bo‘laman va bu uzoq muddatda “Real”ga ham foyda beradi. Bu yerda menga kerak bo‘lgan hamma narsa bor: kuchli jamoa, muxlislar, murabbiylar shtabi va o‘sish uchun sharoit”, — deya Endrikning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.
19 yoshli futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!