Dunyoda eng ko‘p choy ishlab chiqaradigan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

2 daqiqa o'qish4.8K
Dunyoda eng ko‘p choy ishlab chiqaradigan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 2024 yilda dunyoda umumiy choy ishlab chiqarish hajmi taxminan 7,05 million tonnani tashkil etib, uning 3,74 million tonnasi Xitoy hissasiga to'g'ri kelgan.
  • Hindiston 1,28 million tonna, Keniya 0,6 million tonna, Turkiya 0,27 million tonna va Shri-Lanka 0,26 million tonna choy ishlab chiqarib, eng yirik ishlab chiqaruvchilar qatoridan joy olgan.

Dunyoda eng ko‘p choy ishlab chiqaradigan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Choy dunyoda eng mashhur ichimliklardan biri bo‘lib, uning ishlab chiqarish hududi ham juda keng. Xalqaro bozorda ayrim davlatlar hajm va ulush bo‘yicha oldinda tursa, boshqalari o‘sish sur’ati yoki ixtisoslashgan segmentlari bilan ajralib turadi.
Xalqaro choy qo‘mitasi (International Tea Committee) ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda dunyodagi umumiy choy ishlab chiqarish hajmi taxminan 7,05 million tonna ni tashkil etgan. Shu haҗmning qariyb yarmini — 3,74 million tonna — Xitoy hissasi tashkil etadi.
Xitoydan tashqari, choy bozorida Hindiston ham muhim o‘rin egallaydi: u 1,28 million tonna choy ishlab chiqargan. Uchinchi pog‘onada Keniya turib, taxminan 0,6 million tonna mahsulot bilan bozorda ustunlik qiladi.
Top-5 ro‘yxatga shuningdek Turkiya (0,27 million tonna) va Shri-Lanka (0,26 million tonna) kiradi. Choy ishlab chiqarishdagi yetakchilar orasida Vetnam, Indoneziya va Yaponiya ham bor.
O‘zbekistonda choy bozorining asosiy qismi import orqali ta’minlanadi. Mahalliy sanoatda esa asosan import bargni aralashtirish, qayta ishlash va qadoqlash ustun. Mahalliy choy yetishtirish bo‘yicha loyihalar bor, ammo ular hozircha yirik ishlab chiqarish hajmiga erisha olmagan — ko‘proq sinov va rejalar darajasida qolmoqda.
2024 yilda O‘zbekiston 33 378 tonna choy import qilgan, qiymati 50,6 million dollar ni tashkil etgan. Asosiy yetkazib beruvchilar: Xitoy (26 806 t), Keniya (1 651 t), Eron (1 271 t), Hindiston (965 t) va Rossiya (578 t). Yanvar–noyabrda import 30 204 tonna (45,2 mln dollar) bo‘lgan. Bu raqamlar O‘zbekistonda iste’mol qilinayotgan choyning katta qismi chet eldan kelayotganini ko‘rsatadi.
Bundan avval, 2018 yilda mamlakatda choy plantatsiyalari tashkil etish, umumiy maydonni 283 gektarga yetkazish va 2025 yilgacha yiliga 189 tonna ishlab chiqarish maqsadlari belgilangan edi. 2022 yilda esa ayrim yapon choy navlari O‘zbekiston sharoitida sinovdan o‘tkazilgan va tog‘/tog‘oldi hududlarda maydonlar tashkil etish rejalari haqida xabarlar berilgan.
Rossiya choy iste’moli bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar qatorida tursa-da, ishlab chiqarishda ancha orqada qoladi. Masalan, 2024 yilda Rossiyada faqat 113 ming tonna choy ishlab chiqarilgan, asosiy qismi import bargni qayta ishlash hisobiga to‘g‘ri kelgan. Krasnodar hududida esa 373 tonna choy yig‘ib olingan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?