Afg‘oniston ko‘mir eksportini O‘zbekistonga yo‘naltirdi

Afg‘oniston ko‘mir eksportini Pokistondan O‘zbekistonga yo‘naltirishga qaror qildi. Bu haqda Afintl portali xabar berdi.
Balx viloyati hokimligi vakili Toshkent va Kobul o‘rtasida savdo kelishuvi imzolanganini ma’lum qilgan. Eksport geografiyasidagi bu o‘zgarish Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi keskinlik fonida yuz bermoqda.
Joriy yilning kuzida ikki davlat chegarasida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgandi. Tolibon, shuningdek, O‘zbekiston orqali Yevropa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini havo yo‘li orqali eksport qilishni rejalashtirayotganini ham e’lon qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing