O‘zbekistonning oltin zaxirasi 10 tonnaga boyidi: WGC ma’lumotlari

2025 yilning yanvar-noyabr oylarida dunyo bo‘yicha markaziy banklarining oltin sotib olish statistikasiga oid so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi. WGC (Jahon Oltin Kengashi) xabariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab markaziy banklar bir nechta oy davomida oltin zaxiralarini kengaytirishga davom etmoqda, va noyabr oyida umumiy hajmda 45 tonna oltin sotib olingan.
Mazkur statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston noyabr oyida 10 tonna oltin sotib olib, ushbu sohada Polsha (12 tonna) va Braziliya (11 tonna)dan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonning keyingi raqiblaridan esa Qozog‘iston (8 tonna), Qirg‘iziston (2 tonna), Chexiya (2 tonna), Xitoy (1 tonna) va Indoneziya (1 tonna) markaziy banklari hamda davlatlari joy oldi.
O‘zbekistonning oltin sotib olishi mamlakatning valyuta zaxiralarini mustahkamlash, iqtisodiy xavfsizlikni oshirish va iqtisodiyotning geosiyosiy risklardan himoya qilishga xizmat qilmoqda. Ushbu qaror, shuningdek, dunyo bo‘ylab moliyaviy noaniqliklar va geosiyosiy stresslar hamda dollarga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish maqsadlariga ham mos keladi.
Bundan tashqari, Iordaniya (2 tonna) va Qatar (1 tonna) markaziy banklari oltinning sof sotuvchilari sifatida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!