date

Oʻzbekiston davlat qarzi moʻtadil va boshqariladigan darajada qolmoqda

Oʻzbekiston davlat qarzi moʻtadil va boshqariladigan darajada qolmoqda

Oʻzbekistonning davlat qarzi xalqaro mezonlar bo‘yicha moʻtadil va boshqariladigan darajada baholanmoqda. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (MIIT) ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil oktabr oyi boshida mamlakatning umumiy qarz majburiyatlari 75,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Vazirlik qayd etishicha, ushbu summaning 37,4 mlrd dollari davlatning tashqi qarziga to‘g‘ri keladi. Qolgan 38 mlrd dollar esa davlat kafolatisiz jalb qilingan mablag‘lar bo‘lib, xususiy hamda davlat korxonalari qarzlari hisoblanadi.

Davlat qarzining YAIMga nisbati qariyb 26% atrofida bo‘lib, bu makroiqtisodiy barqarorlikka doir xalqaro xavf chegaralaridan ancha past ekani ta’kidlandi.

MIITga ko‘ra, davlat qarz mablag‘lari hisobidan 2017–2025 yillarda 1,5 ming km dan ortiq avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi, 470 km temir yo‘l elektrlashtirildi, ichimlik suvi ta’minoti infratuzilmasi yangilandi. Shuningdek, Boeing 787-8 samolyotlari, Talgo poyezdlari, elektrovozlar, metro vagonlari va boshqa texnikalar xarid qilingan.

So‘nggi sakkiz yil davomida suv kanallari yangilanib, zamonaviy issiqxonalar va agro-korxonalar tashkil etilgani qayd etildi. Natijada 2 mln dan ortiq ish o‘rni yaratilgani, eksport 270% ga oshgani, aholi jon boshiga YAIM esa 418% ga ko‘tarilgani bildirildi.

Vazirlikka ko‘ra, kelgusida resurslarni jalb etish jarayoni parlament nazoratini kuchaytirish, shaffoflikni ta’minlash hamda loyihalarning holati bo‘yicha muntazam axborot e’lon qilib borish bilan birga olib boriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekiston davlat qarzi moʻtadil va boshqariladigan darajada qolmoqda